Maxfiylik siyosati
Bu sahifa honeypot.uz sayti qanday ma’lumot yig’ishini va u bilan nima qilinishini tushuntiradi.
Bu sahifa honeypot.uz sayti qanday ma’lumot yig’ishini va u bilan nima qilinishini tushuntiradi.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 10-avgust
«HONEYPOT SECURITY» MChJ, Fidokor ko’chasi 12, Mirobod tumani, Toshkent, O’zbekiston. Maxfiylik bo’yicha savollar: info@honeypot.uz.
Faqat siz o’zingiz yuborgan ma’lumot. Aloqa formasi orqali: ismingiz, elektron pochtangiz, tashkilot nomi (ixtiyoriy), murojaat mavzusi (ixtiyoriy) va xabar matni. Obuna formasi orqali: elektron pochta manzili.
Bundan boshqa hech narsa so’ralmaydi va yig’ilmaydi.
Yagona maqsad — murojaatingizga javob berish va siz so’ragan materialni yuborish. Ma’lumot reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va uchinchi tomonga marketing maqsadida berilmaydi.
Bu saytda analitika tizimi yo’q. Google Analytics, piksel, reklama tarmoqlari skripti yoki ijtimoiy tarmoq kuzatuvchisi ulanmagan. Sahifada uchinchi tomonning birorta skripti ishlamaydi.
Sayt bitta cookie qo’yadi — tanlangan tilni eslab qolish uchun. Batafsil: Cookie siyosati sahifasida.
Har qanday veb-server kabi, so’rovlar texnik jurnalga yoziladi: IP manzil, brauzer turi, so’rov vaqti va manzili. Bu ma’lumot faqat saytning ishlashi va xavfsizligi uchun ishlatiladi va profil tuzish uchun qo’llanmaydi.
Murojaat yozishmalari — javob berilgandan keyin ish yuritish uchun zarur muddatgacha. Obuna manzili — siz obunani bekor qilgunga qadar. Istalgan vaqtda o’chirishni so’rashingiz mumkin.
Ma’lumot sotilmaydi. U faqat xizmat ko’rsatuvchi texnik provayderlarga (masalan, pochta yetkazish xizmati) va faqat shu vazifa doirasida uzatilishi mumkin. Qonun talab qilgan hollarda vakolatli organga berilishi mumkin.
Sayt va u bilan bog’liq ma’lumot O’zbekiston hududida joylashgan infratuzilmada saqlanadi.
Siz haqingizda qanday ma’lumot borligini so’rash, uni tuzatish yoki o’chirishni talab qilish huquqiga egasiz. Buning uchun info@honeypot.uz manziliga yozing.
Siyosat o’zgarsa, yangilangan matn shu sahifada chop etiladi va yuqoridagi sana yangilanadi.