MSSP / SOC
24/7 boshqariladigan monitoring, tahdidlarni aniqlash va reaksiya
24/7 boshqariladigan monitoring, tahdidlarni aniqlash va reaksiya
Monitoring vositasi sotib olish bilan monitoring boshlanmaydi. Loglar oqib kelayotgan bo’lsa ham, ularni kim va qachon o’qishi hal qilinmagan bo’lsa — alert qorong’ida qoladi.
MSSP/SOC aynan shu bo’shliqni yopadi: manbalar ulanadi, qoidalar sozlanadi va hodisa paydo bo’lganda uni odam ko’radi hamda kelishilgan tartibda sizga yetkazadi.
| Bosqich | Nima bo’ladi |
|---|---|
| Ulash | Log manbalari aniqlanadi va ulanadi: server, tarmoq, ilova, pochta, WAF, endpoint. Qamrov hujjatlashtiriladi. |
| Bazaviy holat | Sizning normal trafigingiz va xatti-harakatingiz o’rganiladi. Qoidalar shu asosda sozlanadi — begona shablon emas. |
| Uzluksiz monitoring | Hodisalar 24/7 kuzatiladi. Shovqin filtrlanadi, e’tibor talab qiladigani ajratiladi. |
| Eskalatsiya va javob | Hodisa darajasiga qarab kelishilgan kanal orqali xabar beriladi; kelishilgan doirada dastlabki choralar ko’riladi. |
Sizning jamoangiz uxlaganda ham.
Alert emas, xulosa.
Muntazam va tushunarli.
Bepul tahlil o’tkazamiz: domeningizga qaratilgan avtomatlashtirilgan skanerlash va hujum urinishlarini bir hafta davomida kuzatib, natijasini hisobot ko’rinishida beramiz. Bu bosqichda hech narsa bloklanmaydi va sozlash talab qilinmaydi.

