Asosiy kontentga o’tish

radar

Avtonom kiberxavfsizlik razvedkasi

Sizib chiqish insidentga aylanguncha — bilib oling. radar tashqi hujum yuzangizni, sizgan parollaringizni, dark web’dagi tayyorgarlikni va brendingiz klonlarini uzluksiz kuzatadi. Topilgan narsa ogohlantirishga emas, harakatga aylanadi.

Threat intelligence nima uchun ko’pincha ishlamaydi

Razvedka bozori ikki bosqichda to’xtaydi. Birinchisi — kuzatish: platforma artifakt to’playdi, indikator ro’yxatini beradi. Ikkinchisi — tushunish: indikatorga kontekst qo’shiladi, hisobot yoziladi. Uchinchi bosqich, ya’ni harakat, deyarli har doim odamga qoldiriladi.

Muammo shu yerda boshlanadi. Tahdid hajmi analitikning o’qish tezligidan ming barobar tez o’sdi; minglab alert orasida muhimi yo’qoladi. Sizish aniqlanganda hujum ko’pincha allaqachon sodir bo’lgan bo’ladi — chunki topish bilan tuzatish orasida odam bor.

radar uchinchi bosqichni ham o’z ustiga oladi. Aniqlash, korelatsiya va javob bitta zanjirda: qaror mashina tezligida qabul qilinadi, harakat mijoz perimetri ichida va qonuniy chegarada bajariladi.

Razvedka zanjiri: sanoat qayerda to’xtaydi
BosqichOdatdagi XTI / CTIradar
KuzatishArtifakt to’playdi, indikator ro’yxatini beradiXuddi shunday, lekin manbalar mintaqaviy
TushunishIndikatorga kontekst qo’shadi, hisobot yozadiKontekst sizning aktivingiz va sektoringizga bog’lanadi
HarakatOdamga topshiradi — reaktiv, qo’ldaAvtomatik: IAM, firewall, takedown
HolatHodisa jurnalga yoziladi va qoladiRisk ochiq yoki hal qilingan — oraliq yo’q
KorelatsiyaHar modul o’z hisobotini beradiTo’rt manba bitta xulosaga birlashadi

Alohida data arzon — qiymat kesishmada

Ochiq VPN o’zi bo’lsa — zaiflik. Sizgan admin paroli o’zi bo’lsa — hodisa. Sektoringizga qaratilgan faol hujumchi o’zi bo’lsa — statistika. Uchalasi bitta hafta ichida bitta tashkilotda uchrasa — bu yaqinlashayotgan buzilish.

Bitta modul buni ko’rmaydi. Mijoz to’rtta alohida hisobot emas, bitta xulosa oladi — va har xulosa “nima qilish kerak” bilan birga keladi.

Olti modul

radar nimalarni qiladi

Aniqlash

  • Perimetr uzluksiz skanerlanadi: portlar, servislar, versiyalar, sertifikatlar
  • Har servis versiyasi bo’yicha aniqlanadi, faol ekspluatatsiyadagi zaifliklar ajratiladi
  • Siz bilmagan aktivlar topiladi: unutilgan subdomen, boshqarilmaydigan IP, ochiq baza
  • Natija port ro’yxati emas — qaysi uchtasi bugun muhim va qanday yopish kerak

Konsol ichida

Quyidagi kadrlar radar konsolining o’zidan olingan — Honeypot Security tashkiloti, o’z domenlari bo’yicha.

Umumiy ko’rinish

Tashqi xavfsizlik holati bir ekranda: umumiy xavf balli, kritik va yuqori topilmalar, faol ekspluatatsiyadagi zaifliklar va ustuvor muammolar ro’yxati.

Trigger — harakat — natija

radar razvedka beradi va o’zi harakat qiladi. Quyidagi uch trigger avtomatik rejimda ishlashi mumkin.

Trigger va unga javoban bajariladigan harakat
TriggerAvtomatik harakatNatija
Sizib chiqqan parolIAM avto-resetSessiya bekor qilinadi, MFA majburiy bo’ladi
Klon yoki fishing saytAvtomatik takedownBrauzerda bloklanadi, registrarga shikoyat ketadi
Hujumchi C2 yoki manbaFirewall / EDR avto-blokSOAR aksiyasi ishga tushadi

Mahalliy chuqurlik

Mintaqaviy fishing, fraud sxemalari, forumlar va til.

  • O’zbekiston sektoriga qaratilgan kampaniyalar
  • Mahalliy til va translit variantlari
  • Global vendor sensori yetmaydigan manbalar

Avtonom

Ogohlantirish emas — harakat. Inson navbatisiz.

  • Qaror mashina tezligida
  • IAM, firewall va takedown avtomatik
  • Chegarani mijoz belgilaydi

Ma’lumot mamlakat ichida

Regulyator va bank talablariga mos data-residency.

  • Ma’lumot chegaradan chiqmaydi
  • O’zgartirib bo’lmaydigan audit-jurnal
  • Regulyator hisobotlari

Hamyonbop

Global platformadan sezilarli arzon.

  • Mintaqaviy narx darajasi
  • Modul bo’yicha kengaytirish
  • Ortiqcha global qamrov uchun to’lov yo’q

Tez ishga tushadi

Mahalliy til, mahalliy jamoa, tez onboarding.

  • Domen va brend kiritiladi — skan boshlanadi
  • Agent o’rnatish talab qilinmaydi
  • Support sizning vaqt mintaqangizda

Platformaning o’zi qanday himoyalangan

radar xavfsizlik jamoalari uchun qurilgan, shuning uchun platformaning o’ziga ham xuddi shu talab qo’yiladi.

Platforma xavfsizligi
NazoratQanday amalga oshirilgan
ShifrlashUzatishda to’liq shifrlash — barcha ma’lumot himoyalangan
Majburiy MFAHar foydalanuvchi uchun ko’p faktorli autentifikatsiya majburiy
O’zgarmas audit-jurnalHar kirish, qidiruv va o’zgarish — o’zgartirib bo’lmaydigan jurnalda
Taklif bilan kirishOchiq ro’yxatdan o’tish yo’q — hisobni administrator yaratadi
Data-residencyMa’lumot mamlakat ichida qoladi — regulyator va bank talablariga mos

Platforma konsoli alohida manzilda ishlaydi: Konsolga o’tish

Savollar

Ko’p beriladigan savollar

Domeningiz va himoya qilinadigan brend nomlari. Agent o’rnatish yoki tarmoqqa ulanish talab qilinmaydi — aniqlash, razvedka va brend modullari tashqaridan ishlaydi. Avtonom harakat uchun IAM, firewall yoki SOAR tomonda integratsiya kerak bo’ladi.

Chegarani siz belgilaysiz. Har trigger uchun uchta rejim bor: faqat xabar berish, tasdiq so’rab bajarish yoki to’liq avtomatik. Ko’pchilik mijoz takedown va firewall blokni avtomatik, IAM resetni esa tasdiq bilan qo’yadi. Har bir bajarilgan harakat jurnalda qoladi.

Faqat sizning perimetringiz ichida va sizning nomingizdan: o’z IAM’ingizda parol reset, o’z firewall’ingizda blok, o’z brendingiz klonlari uchun registrarga shikoyat. radar begona infratuzilmaga aralashmaydi.

Yopiq forumlar, paste-saytlar, dark web bozorlari va infostealer loglari. Topilma sotib olinmaydi va qayta tarqatilmaydi — u faqat sizning tashkilotingizga tegishli qismi bo’yicha ko’rsatiladi.

radar ularni almashtirish uchun emas. Global platformalar mintaqaviy manbalarni, mahalliy til va fraud sxemalarini kam qamraydi. Ko’pincha mijoz ikkalasini birga ishlatadi: global — keng qamrov, radar — mahalliy chuqurlik va avtonom javob.

Mamlakat ichida. Bu regulyator va bank talablariga mos kelishi uchun ataylab shunday qilingan; Enterprise darajasida ajratilgan instans va regulyator hisobotlari ham beriladi.

Mintaqaviy tahdidni birinchi bo’lib ko’ring

Demo so’rang — domeningiz bo’yicha tashqi yuza va ochiq sizishlar bo’yicha dastlabki ko’rinishni ko’rsatamiz. Bu bosqichda hech narsa o’zgartirilmaydi.

Boshlaymiz
Demo so’rash
Demo so’rash