Xavfsizlik auditi
Infratuzilma, ilovalar va xavfsizlik holatining to’liq baholanishi
Infratuzilma, ilovalar va xavfsizlik holatining to’liq baholanishi
Audit — bu skaner hisoboti emas. Avtomatik skanerlash faqat boshlanishi: u ma’lum zaifliklarni topadi, lekin biznes-logikadagi xatoni, huquqlarni oshirish zanjirini yoki noto’g’ri sozlangan integratsiyani ko’rmaydi. Ularni odam topadi.
Shuning uchun ish ikki qatlamda boradi: avtomatik qamrov keng, qo’lda tekshirish esa chuqur. Har topilma ekspluatatsiya qilinishi tekshiriladi — nazariy ro’yxat emas, tasdiqlangan xavf beriladi.
| Bosqich | Nima bo’ladi |
|---|---|
| Qamrov | Nimalar tekshirilishi kelishiladi: domenlar, tashqi IP’lar, ilovalar, integratsiyalar. Chegara yozma tasdiqlanadi. |
| Razvedka va skanerlash | Tashqi yuza xaritalanadi: subdomenlar, portlar, servislar, versiyalar, sertifikatlar. Ma’lum zaifliklar bazasi bilan solishtiriladi. |
| Qo’lda tekshirish | Avtomatika ko’rmaydigan qism: autentifikatsiya, huquqlar, biznes-logika, fayl yuklash, API. Topilma ekspluatatsiya bilan tasdiqlanadi. |
| Hisobot va tavsiya | Har topilma bo’yicha: qanday takrorlash mumkin, ta’siri qanday, qanday yopiladi. Ustuvorlik bo’yicha tartiblangan. |
Har bir topilma bo’yicha to’liq tavsif.
Texnik bo’lmagan tilda, qaror qabul qilish uchun.
Tuzatishlardan keyin.
Bepul tahlil o’tkazamiz: domeningizga qaratilgan avtomatlashtirilgan skanerlash va hujum urinishlarini bir hafta davomida kuzatib, natijasini hisobot ko’rinishida beramiz. Bu bosqichda hech narsa bloklanmaydi va sozlash talab qilinmaydi.

